Loading...
Короткие сообщения Новый

Andijon tumani Madaniyat bo‘limi 5-son Taraqiyot Madaniyat markazida 6 oylik hisobot konserti bo‘lib o‘tdi!

Ashula va musiqa to‘garaklarining yarim yillik faoliyati samimiy konsert dasturi bilan taqdim etildi. To‘garak a'zolari o‘z mahoratlarini namoyish etib, tomoshabinlarga betakror san’at kechasini taqdim etdilar.

Konsertda nafaqat yosh iste’dodlar, balki ularning ota-onalari ham faol ishtirok etdi, bu esa madaniyatimiz rivojiga bo‘lgan katta e’tibor va mehr-muhabbatning yaqqol namunasidir. Ota-onalar farzandlarining san’atdagi yutuqlarini ko‘rishdan mamnun bo‘lib, ular bilan birga ishtirok etishdi.

Ushbu tadbir yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni san’atga yanada chuqurroq jalb etish, ijodiy salohiyatlarini oshirishga qaratilgan muhim voqea bo‘ldi.