Loading...
Короткие сообщения Новый

Andijon tumani may oyi uchun pensiya to'lovlari moliyalashtirildi

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Andijon tumani bo'limi  tomonidan 2025-yilning may oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan  33688 nafar pensiya oluvchilar uchun 40.411 mln so’m mablag‘ talab etiladi.

Aytish kerakki, pensiyalarni bank kartalari orqali oluvchi fuqarolarning bank kartalariga jami  34.013 mln so’m mablag‘lar yuklab berilishi ta'minlandi. 

Pensiya pullarini naqd pulda oluvchilarga grafik asosida tarqatish uchun tijorat bankiga 6.397 mln so'm mablag'lar grafik asosida yetkazib beriladi

 Shuningdek Prezident farmoniga ko’ra, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan tumandagi    ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan 19 nafar shaxslarning har biriga 3 mln so’mdan mablag’lar AT Xalq bankiga moliyalashtirib berildi.