Loading...
Короткие сообщения Новый

"Yozni maktab bilan" loyihasi davom etmoqda

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash, ular uchun ta’lim muassasalarida fan, til, musiqa va tasviriy san’at to‘garaklari, badiiy va ijodiy kechalar, teatr va kino tomoshalari hamda turli musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon tumanidagi 57 ta maktabning sport maydon va zallari, kutubxona hamda informatika xonalari yoshlar uchun ochilib, "Yozni maktab bilan" loyihasi o‘tkazilmoqda.

Bugungi kun holatiga ko‘ra, loyiha doirasida jami 10 mingdan ortiq yoshlar jalb etildi.