Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldashev tumandagi 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari hamda Obi Hayot mahallasida faoliyat yuritayotgan hunarmand tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv "Dolzarb 90 kun" tashabbusi doirasida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘rgatish, shuningdek, mehnat orqali rag‘batlantirishga qaratildi.
Uchrashuvda hunarmandlar tomonidan yoshlarga o‘z hunarlarini o‘rgatish, ularning qilgan mehnatiga munosib haq to‘lash, yoshlar bandligini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Ushbu tashabbus yoshlarimizning kelajagi uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda yosh avlodga haqiqiy hayot saboqlari va kasbiy ko‘nikmalar berilishi rejalashtirilmoqda.





