Uchrashuvda yangi turmush qurayotgan yoshlarga nikoh marosimi, bu oddiy rasmiyatchilik emas, balki jiddiy va mas'uliyatli qadamlardan biri ekani alohida ta'kidlandi. Oila qurish nafaqat muhabbatga, balki o'zaro hurmat, hamjihatlik va fidoyilikka asoslanishi zarurligi haqida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, oilada yuzaga keladigan har qanday muammolar, kelishmovchilik yoki yetishmovchiliklarni sabr bilan, tushunish va muloqot orqali hal etish muhimligi ta'kidlandi. Nikoh marosimidan so‘ng, ajralish masalasi umuman ko‘tarilmasligi, har bir yosh oila o‘zaro ishonch va murosaga asoslangan holda turmushni davom ettirishi kerakligi tushuntirildi.
Tadbir ishtirokchilari ushbu suhbatdan katta taassurot olib, oilaviy hayotga yanada mas’uliyat bilan yondashishlarini anglab yetdilar.