Loading...
Короткие сообщения Новый

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida quvnoq va mazmunli dam olish!

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan, yozgi tatil davomida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi Andijon tumanida izchil davom etmoqda.

Xususan, tumanimizdagi 22-maktabda "Quvnoq startlar" sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda maktab o‘quvchilari jamoalarga bo‘linib, harakatchanlik, jismoniy faollik va jamoaviylikni namoyish etdilar.

Musobaqa bolajonlar uchun nafaqat sog‘lomlashtiruvchi, balki quvonchli va esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi.

Bunday tadbirlar yoshlarimizning sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qilmoqda.